2028-yilgi Yevropa chempionatining ochilish va final uchrashuvlariga mezbonlik qiladigan stadionlar eʼlon qilindi
2028-yil Angliya, Irlandiya, Uels va Shotlandiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Yevropa chempionatining ochilish oʻyini va final bahsi qaysi stadionlarda oʻtishi eʼlon qilindi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, musobaqaning ochilish oʻyini Uels poytaxti Kardiff shahrida joylashgan “Prinsipaliti” stadionida boʻlib oʻtadi. Ushbu stadion oʻz bagʻriga 74 mingga yaqin tomoshabinni sigʻdira oladi.
Musobaqaning final va yarim final oʻyinlari esa Londonda joylashgan “Uembli” stadionida oʻtkaziladi. Ushbu stadion esa 90 ming muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.
Maʼlumot uchun, Buyuk Britaniyada oʻtadigan ushbu musobaqa 2028-yilning 9-iyun sanasidan 9-iyuligacha boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring