Actual

Toshkentning Sergeli tumanidagi polietilen korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Sergeli tumanidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Yong‘in haqidagi xabar O‘zbekiston FVV navbatchilik qismiga 15 aprel kuni soat 23:08 da kelib tushgan.

11:44 16 Aprel 2021
Soliq idoralari kuch ishlatar tashkilot emas — Kudbiyev xalqdan uzr soʻradi

Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari ekanligi aytilayotgan erkaklarning ayollar bilan tortishuvi aks etgan video tarqaldi.

14:39 15 Aprel 2021
Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111ta korrupsion xatar aniqlangan

Bu haqda bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

13:01 15 Aprel 2021
Toshkentlik maktab oʻquvchisi 68ta OTMga muvaffaqiyatli imtihon topshirdi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumtaʼlim maktabining 11 “V” - sinf oʻquvchisi Saidkarim Tursunboyev xorijning oltmish sakkizta (!) oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati xabar berdi.

04:36 15 Aprel 2021
Oʻzbekistonda ilk bor GAES quriladi

Bugun, 14-aprel kuni “Oʻzbekgidroenergo” AJ rahbariyati hamda Fransiyaning eng yirik elektr energiya ishlab chiqaruvchi “EDF” kompaniyasining xalqaro aloqalar, Yevropa va MDH mamlakatlari boʻyicha masʼul vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

15:38 14 Aprel 2021
Roʻzador odam emlanishi mumkinmi?

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kovid-shtab aʼzosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga javob qaytardi.

14:27 14 Aprel 2021
Jizzaxda obodonlashtirish mashinasining gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning ikkala oyogʻi kesib tashlandi

Jizzaxda obodonlashtirish mashinasidagi 100 litrli gaz ballon portlab ketgani oqibatida yoʻl chekkasida turgan ota-bola reanimatsiyaga yotqizilgandi. “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilinishicha, gaz balonining boʻlaklaridan ota va bolaning oyoqlari jiddiy shikastlangan.

14:16 14 Aprel 2021
Quyichirchiqda 27 yoshli yigit oʻzidan 6 yosh kichkina qizni oʻgʻirlab ketdi va nikohdan oʻtishga majburladi

2021-yilning 12-mart kuni soat 07:55 larda qozoq millatiga mansub boʻlgan fuqaro 27 yoshli M.Qulmaxon Quyichirchiq tumani Doʻstlik-1 mahallasi hududida boʻla turib, avvaldan telefon orqali gaplashib yurgan tanishi 21 yoshli U.Malikani erkiga xilof ravishda nikohdan oʻtish uchun oʻgʻirlab ketdi. 

22:05 13 Aprel 2021
Oʻzbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi yana koʻtarildi

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ga 32 328,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 16 797,4 tonnasi, yaʼni 51,9% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 36 xaridor ishtirok etdi. Hafta davomida avtomobil benzin deyarli oʻzining boshlangʻich qiymatida sotildi.

15:19 13 Aprel 2021
Zoyir Mirzayev 2 baho qoʻygani sababli kaltaklangan oʻqituvchining plastigiga yoʻlkira haqi uchun 10 mln soʻm oʻtkazib berilishini aytdi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 134-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi oʻquvchilardan birining akalari tomonidan kaltaklangani voqeasi keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. 

14:43 13 Aprel 2021
Toshkent markazidagi binoni taʼmirlashga 431,5 mlrd soʻm ajratilmoqda. Pudratchi kompaniya qurilish vazirining qarindoshlariga aloqador

Toshkentning Sharof Rashidov koʻchasidagi (Mustaqillik maydoni yonida) maʼmuriy bino rekonstruksiyasi va favvora ostiga avtoturargoh qurilishiga 431,5 mlrd soʻm sarflanishi mumkin. Pudratchi sifatida aksionerlari orasida qurilish vazirining oʻgʻli va rafiqasi boʻlgan “12-trest” tanlanmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” nashri xabar berdi.

14:16 13 Aprel 2021
Qoraqalpogʻistonda ziyoratga borgan 19 yoshli yigit togʻdan yiqilib tushdi. 4 kun oldin ham ziyoratgohda bir qiz jarohatlangan

Qoraqalpogʻistonda ziyoratga borgan 19 yoshli yigit togʻdan yiqilib tushdi. 4 kun oldin ham ziyoratgohda bir qiz jarohatlangan

19:30 12 Aprel 2021
TATU Samarqand filiali koronavirus sabab onlayn taʼlimga oʻtdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabalarida koronavirus aniqlandi. Bu haqda OTM Axborot xizmati xabar berdi.

14:26 12 Aprel 2021
Toshkent viloyatida “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan 301 mln soʻm kredit mablagʻlari talon-toroj qilindi

Bekobod tumanida 301 mln soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

13:17 12 Aprel 2021
Namanganda voyaga yetmagan qizning jasadi “Katta Namangan” kanalidan topildi. Qizni kelinoyisi suvga itarib yuborgan

Namangan viloyat prokuraturasi xabariga koʻra, 2021-yil 5-aprel kuni soat 19:00da Namangan shahar, Sohil MFY, Bodomzor koʻchasida yashovchi S.A.Mamadaliyev tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilgan. 

13:03 12 Aprel 2021
Toshkentda sobiq MXXning markaziy binosi sotuvga qoʻyildi

Toshkentda sobiq MXXning markaziy binosi sotuvga qoʻyildi.

17:22 10 Aprel 2021
Sizlar hokimga xushomad qiladigan tashkilot emassizlar! — Prezident Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tanqid qildi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

18:24 08 Aprel 2021
Zoir Mirzayev va Qobil Tursunovga “hayfsan” berildi

Ayni paytda Prezidentimiz raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

17:39 08 Aprel 2021
Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi

Chilonzor tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) shifokorlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ehtiyotsizlik orqasida odam oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi...

16:17 08 Aprel 2021
Nurobod hokimining yaylov ajratishga doir qarori korrupsion holatlar asosida chiqarilgani sababli bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xabar berishicha, Samarqand viloyati Nurobod tumanida yaylovni gʻalla ekish uchun ajratish toʻgʻrisidagi hokim qarori bekor qilingan.

16:04 07 Aprel 2021