Toshkentlik maktab oʻquvchisi 68ta OTMga muvaffaqiyatli imtihon topshirdi

04:36 15 Aprel 2021 Jamiyat
1944 0

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumtaʼlim maktabining 11 “V” - sinf oʻquvchisi Saidkarim Tursunboyev xorijning oltmish sakkizta (!) oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Eʼtiborlisi, Saidkarim Tursunboyev eng yuqori ball toʻplab, ulardan bir nechtasining grantlar sohibiga aylangan.

Bitiruvchi Saidkarim Tursunboyev imtihon topshirgan oliy taʼlim muassasalari orasida AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlarning nomdor universitetlari bor.

Avvalroq Toshkentdagi yana bir maktab oʻquvchisi muddatidan avval bir yoʻla 13 ta xalqaro universitet talabasi boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?