Quyichirchiqda 27 yoshli yigit oʻzidan 6 yosh kichkina qizni oʻgʻirlab ketdi va nikohdan oʻtishga majburladi
2021-yilning 12-mart kuni soat 07:55 larda qozoq millatiga mansub boʻlgan fuqaro 27 yoshli M.Qulmaxon Quyichirchiq tumani Doʻstlik-1 mahallasi hududida boʻla turib, avvaldan telefon orqali gaplashib yurgan tanishi 21 yoshli U.Malikani erkiga xilof ravishda nikohdan oʻtish uchun oʻgʻirlab ketdi.
Shundan soʻng oʻzining yashash xonadoniga olib borib, u bilan nikohdan oʻtishga majburlagan, lekin Malika qarshilik koʻrsatib qochib ketgan. Qulmaxonga nisbatan qonuniy chora koʻrishlarini soʻrab IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan M.Qulmaxonga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga koʻra bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring