AQSH Suriyada ISHID terrorchilariga qarshi javob zarbasi berdi
AQSH qoʻshinlari Suriya hududida joylashgan ISHID terrorchilik guruhi pozitsiyalariga ommaviy javob zarbasini berdi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi.
Amerika rahbarining taʼkidlashicha, amalga oshirilgan zarba “juda muvaffaqiyatli” boʻlgan.
“Men oʻtgan hafta uch nafar buyuk vatandoshimizni oʻldirgan terrorchilarga qarshi ommaviy zarba berishni buyurdim. Ikki nafar askar va bir nafar tarjimon — ajoyib insonlar”, — dedi Tramp.
Avvalroq xorijiy ommaviy axborot vositalari AQSH harbiylari tomonidan Suriyada ISHID pozitsiyalariga havodan zarbalar berilgani haqida xabar tarqatgan edi. Amaliyot davomida Amerika qiruvchi samolyotlari va harbiy vertolyotlar jalb etilgan boʻlib, terrorchilarga tegishli oʻnlab obyektlar, jumladan qurol-aslaha omborlari nishonga olingan.
Oʻtgan hafta Pentagon maʼlum qilishicha, Palmira shahri yaqinida AQSH Milliy gvardiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi va bir nafar amerikalik tarjimon halok boʻlgan. Ular mintaqada ISHIDga qarshi operatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash ishlarida ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring