Oʻzbekistonda “100 ta mahsulot akseleratori” dasturi boshlanadi

16:53 13 Fevral 2026 Siyosat
340 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda endilikda tarmoq rahbarlari va hokimlardan eksportda faqat hajm boʻyicha emas, balki yangi mahsulot va yangi bozorlar boʻyicha ham soʻrov boʻlishi aytildi.

Hokimlar, ularning investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari elchilar bilan doimiy hamkorlik qilib, qayerda mahsulotga qancha ehtiyoj bor, bu bozorlarga kirish uchun nima talab etilishini oʻrganishi, ishni shunga moslab tashkil qilishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

2026-yilda Tunis, Marokash, Senegal, Iroq, Avstraliya, Portugaliya, Gretsiya va Nordik davlatlarda “Made in Uzbekistan” koʻrgazmalarini oʻtkazish muhimligi qayd etildi.

“100 ta mahsulot akseleratori” dasturini boshlab, Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlariga eksportni yiliga kamida 25 foizga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Yanvar oyida yillik inflyatsiya darajasi 7,2 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, 13 foizi goʻsht hisobidan boʻlgan.

Goʻshtda importga qaramlikni qisqartirish uchun ozuqa masalasini hal qilish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Muborak tumanida 5 ming gektar yer foydalanishga kiritilib, makkajoʻxori ekish boshlanayotgani barcha uchun namuna ekani qayd etildi. Shu bois, bu yil qoʻshimcha 60 ming gektarda bu ishlarni tashkil qilish topshirildi. Bu qoʻshimcha 350 ming chorva uchun kafolatlangan ozuqa bazasi boʻladi.

Mayda shoxli qoramol naslini yaxshilash uchun oʻtgan yil Moʻgʻulistondan 100 ming qoʻy va echki olib kelindi. Bu yil ham mazkur ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Oʻtgan yil 772 ming tonna kartoshka import qilindi. Joriy yilda mutasaddilar, hokimlar 4,5 million tonna kartoshka hosili olishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?