Prezident Ramazon oyida narx-navo barqarorligini taʼminlash boʻyicha topshiriq berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflyatsiya boʻyicha ichki va tashqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yechim topish masalasi bilan shugʻullanishi belgilandi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalarida markazning 2 nafardan vakili boʻladi. Markaz har haftada tuman va shahardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga hozir qancha ehtiyoj borligi, bir oy, uch oy, bir yildan keyin talab qanday oʻzgarishini prognoz qiladi.
Mavjud quvvatlar va omborlardagi mahsulotlar talabni qanchaga qoplashi, yetishmagan qismini nimaning hisobidan taʼminlashi boʻyicha har chorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi shakllantiriladi.
«Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boshlanadi.
Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi boʻlgan ushbu muqaddas kunlarda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash har qachongidan ham muhim», dedi davlatimiz rahbari hamda dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash boʻyicha topshiriq berdi.
Yigʻilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring