ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha

18:42 10 Fevral 2026 Iqtisodiyot
1035 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazma majmuasi joriy yilning 10-12-fevral kunlari “Qurilish – UzBuild 2026” 27-Oʻzbekiston xalqaro koʻrgazmasi, “Qurilish uskunalari va texnologiyalari – BuildTech 2026” UzBuildning ixtisoslashtirilgan boʻlimi hamda 7-Oʻzbekiston qurilish sanoati Xalqaro anjumani – ICCI 2026 kabi muhim soha tadbirlariga mezbonlik qilmoqda.

Iteca Exhibitions Xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan ochilayotgan koʻrgazma mavsumida tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Qurilish va Interyer Haftaligi – “Uzbekistan Construction and Interior Week” tadbirlari “Oʻzekspomarkaz” MKKning barcha pavilyonlarida boʻlib oʻtmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Maʼlumki qurilish sohasi Oʻzbekiston iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biri hisoblanadi. “Yangi Toshkent” va “Yangi Oʻzbekiston” kabi yirik loyihalar zamonaviy uskunalar, yuqori texnologiyali materiallar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, resurslardan oqilona foydalanish ahamiyatini yaqqol namoyon etmoqda. ICCI 2026 aynan shu yoʻnalishdagi yechimlarni taqdim etish va soha mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish uchun samarali platforma boʻlib xizmat qiladi.

Anjuman Qurilish va interyer haftaligining asosiy tadbiri — 27-Oʻzbekiston “Qurilish – UzBuild 2026” xalqaro koʻrgazmasini mazmunan toʻldirib, koʻrgazma uchun biznes muhokama maydonchasi vazifasini bajaradi. Forum mutaxassislarga keng koʻlamli qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va yetakchi amaliyotlar bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Bu yilgi anjuman “Yangi Oʻzbekiston: gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha” mavzusiga bagʻishlanadi. Anjumanning bosh homiysi — Oʻzbekistonda infratuzilma va yer usti qurilish loyihalarini amalga oshirishda yetakchi kompaniya hisoblangan ÇELIKER HOLDING.

Tadbirda Gruziya, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, Oʻzbekiston va Yaponiyadan 37 ta kompaniya, 39 ta spiker va 150 nafar delegat ishtirok etmoqda. ICCI 2026 — yalpi majlis, panel sessiyalari, taqdimotlar va ekspert muhokamalarini qamrab olgan universal platforma sifatida davlat idoralari, soha uyushmalari, developerlar va bozorning yetakchi mutaxassislarini bir joyga jamlaydi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Anʼanaga koʻra, anjuman yalpi majlis bilan boshlanib, unda tadbirning asosiy yoʻnalishlari belgilab olinadi. Yalpi majlis “Oʻzbekistonning dinamik rivojlanishida qurilish sektori” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, milliy uy-joy va infratuzilma dasturlari, kelajak arxitekturasi hamda “Yangi Oʻzbekiston” loyihasi muhokama qilinadi.

Spikerlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Yangi Toshkent” direksiyasi, Çeliker Holding, KNAUF Uzbekistan, BCG Middle East va Commonwealth Partnership Uzbekistan vakillari ishtirok etadi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Anjuman doirasida barqaror qurilish, “Yangi Toshkent” megaloyihasini rivojlantirish, keyingi avlod developmenti va zamonaviy shahar muhitini yaratish, shuningdek, transport, muhandislik va ekologik infratuzilmani rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan panel sessiyalari oʻtkaziladi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Ikkinchi kuni “Qurilish materiallari ishlab chiqarish: yangi bosqich” mavzusida fokus-sessiya boʻlib oʻtadi. Unda innovatsion materiallar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, “Mintaqaviy biznesni kengaytirish modeli: Gruziyaning tajribasi va Oʻzbekistonda miqyosini oshirish” mavzusidagi fokus-sessiya qurilish va unga bogʻliq sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga bagʻishlanadi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Anjuman UzBuild 2026 ishtirokchilari bilan oʻtkaziladigan muhokamalar, tajriba almashish va sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy yechimlar bilan yakunlanadi. ICCI 2026ʼning keng qamrovli dasturi soha mutaxassislari uchun katta ahamiyat kasb etib, qurilish sanoatini rivojlantirish va yirik loyihalarni amalga oshirishga salmoqli hissa qoʻshishi kutilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

 

Muhsin Umurzoqov,
Akmal Muhammadov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер