“Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi

11:15 08 Dekabr 2025 Sport
1105 0

Kecha, 7-dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 15-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi bahsda “Real Madrid“ klubi oʻz maydonida “Selta” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv 0:2 hisobiga mehmonlar gʻalaba qozondi. Oʻyinning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi.

Ikkinchi boʻlimning 53-daqiqasida “Selta” futbolchisi Villiont Svedberg oʻyinda hisobni ochdi. 64-daqiqa Madrid klubi himoyachisi Fran Garsiya raqibiga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun ogohlantirildi. Bundan gʻazablangan Fran keyingi epizodda yana fol ishlatdi. Hakam esa futbolchini ayab oʻtirmadi va ikkinchi sariq kartochkani koʻrsatgan holda uni maydondan chetlatdi.

90+2-daqiqada yana shunga oʻxshash holat yuz berdi. Hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun Alvaro Karrerasga sariq kartochka koʻrsatildi. Ammo futbolchi tinchlanish oʻrniga uni qoʻpol soʻzlar bilan haqorat qildi. Natijada hakam Karrerasni maydondan chetlatdi. Holat davomida ushbu qarorga maydonda eʼtiroz bildirgan Valverde va Rodriogo sariq, zaxirada oʻtirgan Endrikka esa qizil kartochka koʻrsatildi.

Ikkinchi boʻlimning soʻnggi qismida Villiont Svedberg jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa oʻyin “Real Madrid”ning alamli magʻlubiyati bilan yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?