Jizzaxda obodonlashtirish mashinasining gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning ikkala oyogʻi kesib tashlandi
Jizzaxda obodonlashtirish mashinasidagi 100 litrli gaz ballon portlab ketgani oqibatida yoʻl chekkasida turgan ota-bola reanimatsiyaga yotqizilgandi. “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilinishicha, gaz balonining boʻlaklaridan ota va bolaning oyoqlari jiddiy shikastlangan.
Maxsus yuk avtoulov haydovchisi 13-aprel kuni soat taxminan 07:15 da Sharof Rashidov tumani “Tuyoqli” mahallasi hududida joylashgan “Gulida Qudratova” kompaniyasining gaz quyish shoxobchasidan 20 kub metan gaz quyilishi koʻzda tutilgan gaz baloniga ortiqcha 7 kub siqilgan gazni quydirgani sabab, katta atmosfera paydo boʻlishi natijasida gaz balon portlagani aniqlangan.
Portlash boʻlgan joyning yaqin atrofida boʻlgan “Сobalt”, “Nexia1” va “Spark” rusumli avtomashinalarga jiddiy zarar yetgan.
Hodisa oqibatida piyodalar oʻtish joyida yoʻlni kesib oʻtish maqsadida turgan ikki kishi — 1982-yilda tugʻilgan erkak ikkala oyogʻining jarohatlari tashxisi bilan va uning 2014-yilda tugʻilgan oʻgʻli ikkala oyogʻining sinishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Filial direktorining bergan maʼlumotiga koʻra, 7 yoshli bolaning oyoqlari amputatsiya (kesilgan) qilingan. Bola ayni vaqtda hushiga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring