Toshkentning Sergeli tumanidagi polietilen korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkentning Sergeli tumanidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Yong‘in haqidagi xabar O‘zbekiston FVV navbatchilik qismiga 15 aprel kuni soat 23:08 da kelib tushgan.
FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisa joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in korxonaning 1000 kv. maydonini qurshab olgan.
Taxminan 00:10 da yong‘in qurshab, nazoratga olingan, 02:05 da to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring