“Toshkent bugun tin oldi”: qor qoʻynidagi poytaxtdan fotoreportaj
Foto: Fazliddin Abilov/“Xalq soʻzi”
Bugun, 18-dekabr kuni Oʻzbekistonning bir qator hududlari, jumladan, Toshkent shahrida ham qishning ilk belgisi — birinchi qor yogʻdi. Poytaxtda payshanba tongi birinchi qor bilan qarshi olindi.
Poytaxt aholisi va mehmonlari birinchi qorni turlicha kayfiyatda qarshi oldi. Bolalarcha quvonch, sokin tabassum va iliq xotiralar shahar muhitida sezildi.
Transport harakati ham qish sharoitiga moslashdi. Avtomobillar, jamoat transportlari ehtiyotkorlik bilan oʻz manzillari tomon odimladi.
Bogʻlar, xiyobonlar va koʻcha yoqalari qor bilan qoplandi. Daraxt shoxlarida qor yigʻilib, oʻrindiqlar ustida oppoq izlar paydo boʻldi.
Odamlar kundalik yumushlaridan ortib, ushbu lahzani xotira uchun suratga muhrlashga intilishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring