Venesuelada AQSH hujumi oqibatida 100 kishi halok boʻlgani maʼlum qilindi
AQSHning Venesuelaga qilgan hujumi natijasida kamida 100 kishi halok boʻlgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelyo maʼlum qildi. Uning soʻzlarini CNN keltirdi.
“Hozirgi maʼlumotlarga koʻra, 100 kishi halok boʻlgan va taxminan shuncha odam yaralangan. Halok boʻlganlar orasida mojaroga aloqasi boʻlmagan odamlar — tinch aholi, oʻz uylarida boʻlgan ayollar bor. Ular mamlakatimizga tashlangan qudratli bombalar oqibatida jabr koʻrdi”, — dedi Kabelyo.
Avvalroq Kuba hukumati AQSHning Venesueladagi operatsiyasi chogʻida mamlakatning 32 nafar fuqarosi halok boʻlganini maʼlum qilgan edi. Qayd etilishicha, ularning barchasi Kuba qurolli kuchlari va razvedka xizmatlari harbiylari boʻlib, Nikolas Maduroni qoʻriqlash bilan shugʻullangan.
Oʻz navbatida, AQSH rasmiylari Maduroni qoʻlga olish operatsiyasi davomida taxminan 75 kishi halok boʻlganini bildirgan. Ular orasida Karakasdagi uning rezidensiyasi yonida boʻlgan otishma paytida halok boʻlgan oʻnlab qurbonlar ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring