Dunyo kitobxonlari sevgan adib
Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon hayot boʻlganida 79 yoshga toʻlar edi. Serqirra ijodkor yurtimiz adabiyotiga katta maʼnaviy meros qoldirdi. Uning asarlari sodda, samimiy va ravon tilda yozilgani uchun kitobxonni fikrlashga undaydi.
Adibning 60 ga yaqin kitobi nashr etilgan. Ular nafaqat yurtimizda, balki dunyoda ham sevib oʻqiladi. 2020-yili uning asarlari Misrda ingliz va arab tillarida chop etilib, arab kitobxonlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. 2021-yili AQSHda “Vatanjon” nomli kitobi ingliz tilida 3 ming nusxada nashr etildi. Hindistonda bolalarga bagʻishlangan sheʼrlari kiritilgan “Hayotning har lahzasi goʻzal...” toʻplami ingliz va hind tillarida nashr etildi.
Anvar Obidjonning eng sara asarlari nemis, ispan tillariga ham tarjima qilingan. Hindistonlik tarjimon Shamenaz Bano tomonidan Anvar Obidjonning “Meshpolvon” qissasi hind tilida nashr etilib, yaqinda Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot gʻoliblari roʻyxatidan joy oldi.
Yaqinda adibning “Tanlangan asarlar” kitobi oʻzbek tilida chop etildi. Unda adibning koʻp yillik ijodiy bisotidan saralangan sheʼriy va nasriy asarlari joy olgan.
Taniqli ijodkor bugun hayot boʻlmasa-da, lekin uning umri asarlarida davom etayotir. Bugun ushbu asarlar dunyo kezmoqda, yurtimiz kutubxonalarini bezab turibdi.
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring