“Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Kecha, 21-fevral kuni Ispaniya La Ligasining 25-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Tur doirasidagi uchrashuvda “Real Madrid” safarda “Osasuna” mehmoni boʻldi.
Uchrashuv kutilmaganda “qirollik klubi”ning 2:1 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlandi. Hisob 38-daqiqada penaltidan ochildi. “Real Madrid” darvozasiga belgilangan penaltini “Osasuna” hujumchisi Ante Budimir aniq amalga oshirib, oʻyindagi birinchi golni kiritdi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 73-daqiqasida Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtning soʻnggi daqiqasida esa Raul Garsiya “Osasuna”ga gʻalaba keltirgan golni kiritdi. Shu tariqa oʻyin 1:2 hisobida mezbonlar gʻalabasi bilan tugadi.
Qayd etish joiz, Madrid klubi oʻtgan turda La Liga peshqadamiga aylangan edi. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng Alvaro Arbeloa shogirdlari bugun “Barselona” oʻz oʻyinida gʻalaba qozonsa, yetakchilikni boy berishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring