Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Tailand va Kambodja oʻrtasidagi bahsli chegara hududida qurolli toʻqnashuvlar avj oldi. Bu haqda “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, hodisalar oqibatida bir tailandlik harbiy va toʻrt kambodjalik fuqaro halok boʻlgan. Ikki davlat mojaro boshlanishida bir-birini ayblamoqda.
Tailand armiyasi bergan maʼlumotga koʻra, dushanba tongida Ubon Rachatxani viloyatida mahalliy harbiy xizmatchi halok boʻlganidan keyin kambodjalik harbiylarning hujumlarini “bosish” maqsadida havo zarbalari berilgan. Rasmiylar toʻqnashuvlar oqibatida kamida sakkiz kishi yaralanganganini maʼlum qilgan.
Tailand tomoni Kambodja askarlari 8-dekabr kuni soat 05:05 da kichik kalibrli qurollar va minomyotga oʻxshash qurollardan oʻq uzganini aytgan. Tailand askari halok boʻlgani haqidagi xabar esa taxminan 07:00 da olingan.
Kambodja esa bu bayonotni rad etdi. Kambodja harbiylari bayonotiga koʻra, 05:00 da birinchi boʻlib hujumni aynan tailandliklar boshlagan. Kambodja rasmiylari bu hujum bir necha kunlik “qoʻzgʻatuvchi harakatlar”dan soʻng amalga oshirilganini bildirgan.
Kambodjaning axborot vaziri Net Pxeaktraning taʼkidlashicha, tailandliklarning zarbalari oqibatida kamida toʻrt kambodjalik fuqaro halok boʻlgan, 10 kishi yaralangan. Oʻlim holatlari Oddar Minchey va Preax Vixea provinsiyalarida qayd etilgan.
Mojaro arafasida Sisaket viloyatida yana bir qisqa oʻq almashuvi yuz bergani ham maʼlum qilindi. Tailand armiyasiga koʻra, Kambodja harbiylarining oʻq uzishi ikki tailandlik askarning yaralanishiga sabab boʻlgan, shundan soʻng Tailand tomoni ham javob bergan va taxminan 20 daqiqa davomida otishma yuz bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring