Oʻzbekistonda ilk bor GAES quriladi

15:38 14 Aprel 2021 Iqtisodiyot
1756 0

Bugun, 14-aprel kuni “Oʻzbekgidroenergo” AJ rahbariyati hamda Fransiyaning eng yirik elektr energiya ishlab chiqaruvchi “EDF” kompaniyasining xalqaro aloqalar, Yevropa va MDH mamlakatlari boʻyicha masʼul vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ikki tomonlama muzokaralarda “EDF” kompaniyasining xalqaro boʻlinmalariga masʼul, katta ijrochi vitse-prezidenti Beatris Buffon, Yevropa mamlakatlari boʻlinmalariga masʼul, katta ijrochi vitse-prezidenti Mark Jirar, MDH mamlakatlari ofisi rahbari Loran Paganon, MDH mamlakatlari ofisi loyihalarini rivojlantirish boʻyicha masʼul Matyo Filipp hamda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi loyihasi menedjeri Korin Sandberglar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda mamlakatimizda ilk bor GAES (Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya) qurilishi, suv omborlarida suzuvchi quyosh stansiyalarini oʻrnatish, ikki tomondan maxsus ishchi guruhlar tuzish hamda asosiy tashkiliy masalalarni muhokama qilish borasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi, shuningdek, oʻzaro amaliy hamkorlik boʻyicha memorandum imzolashga kelishib olindi.

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xoʻjakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.

Maʼlumot uchun: EDF – Fransiyadagi eng yirik davlat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektr stansiyasi operatori hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер