Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Finlit.uz onlayn platformasi nomidan ish olib borgan firibgarlar tomonidan oʻzbekistonliklarning pullarini oʻgʻirlash holatlari aniqlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilgan.
Regulyatorning Finlit.uz portali aholining moliyaviy savodxonligini va ommaboplikni oshirish maqsadida tashkil etilgan. Portal kredit berish, omonat qabul qilish, toʻlovlarni amalga oshirish, pullik moliyaviy maslahatlar berish bilan shugʻullanmaydi.
“Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan moliyaviy savodxonlikni oshirishga doir oʻquv darslari, seminar-trening, mahorat darslari va Finlit.uz ning barcha loyihalari mutlaqo bepul hisoblanadi”, – deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, ushbu platforma nomidan sizga moliyaviy xizmatlarni taklif etib yozgan barcha akkauntlar firibgarlarga tegishli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring