Makron “Hizbulloh” va Isroilni harbiy harakatlarni toʻxtatishga chaqirdi

20:30 10 Mart 2026 Dunyo
120 0

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron shialarning “Hizbulloh” tashkiloti va Isroil harbiy harakatlarni toʻxtatishi kerakligini maʼlum qildi. Uning soʻzlarini TASS agentligi keltirmoqda.

“Hizbulloh” Isroilga hujum qilib va Kiprni nishonga olib, masʼuliyatni oʻz zimmasiga oldi va jiddiy xatoga yoʻl qoʻydi. Bu bilan harakat Isroilning javob qaytarishiga sabab boʻldi. “Hizbulloh” Livan hududidan beriladigan barcha zarbalarni toʻxtatishi kerak, chunki bu butun Livan xalqini xavf ostiga qoʻymoqda. Shundan soʻng Isroil ham Livanga qarshi harbiy operatsiyasini va zarbalarini imkon qadar tezroq toʻxtatishi lozim», — dedi Fransiya yetakchisi.

Makron Livan suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklash, shuningdek, Livan qurolli kuchlari xavfsizlikni taʼminlashi uchun zarurligini taʼkidladi.

Oʻtgan hafta Isroil shimoli Livan tomonidan oʻqqa tutilgan edi. “Hizbulloh” buning uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib, raketalar Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning oʻldirilishiga javoban uchirilganini maʼlum qildi.

Shundan soʻng Isroil harbiy havo kuchlari Livan hududiga keng koʻlamli zarbalar berishni boshladi. Keyinroq Isroil armiyasi Bosh shtabi boshligʻi Eyal Zamir “Hizbulloh”ga qarshi hujum operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер