Eron Tashqi ishlar vaziri AQSH bilan muzokaralar boʻlmasligini maʼlum qildi

20:47 10 Mart 2026 Dunyo
132 0

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi yangi oliy rahbar Mujtabo Xomanaiy davrida AQSH bilan muzokaralar olib borish masalasi qayta koʻrib chiqilishi ehtimoldan yiroq ekanini aytdi. Uning soʻzlarini RIA Novosti agentligi keltirmoqda.

Avvalroq Eron Ekspertlar kengashi Mujtabo Xomanaiy islom respublikasining yangi oliy rahbari etib saylanganini rasman tasdiqlagan edi.

Eron Tashqi ishlar vaziri yangi oliy rahbar davrida AQSH bilan muzokaralar olib borilganmi va Xomanaiy bunga ochiqmi, degan savolga javob berdi:

“Birinchi navbatda, uning biror bir izoh berishi uchun hali juda erta. Biz hammamiz uning keyinroq boʻladigan nutqlari va izohlarini kutmoqdamiz. Biroq, amerikaliklar bilan suhbatlashish yoki muzokaralar olib borish masalasi yana kun tartibiga qaytadi deb oʻylamayman, chunki bizda juda achchiq tajriba bor”, — dedi Aroqchi PBS telekanaliga bergan intervyusida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер