Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Toshkent shahridagi “Beshqoʻrgʻon” bozorining (“Risoviy” bozori) binolari va yer maydoni E-auksion savdo platformasi orqali auksionga qoʻyildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 411-son qarori asosida sotuvga qoʻyilgan “Fargʻona” yoʻli va “Abdurauf Fitrat” koʻchalari kesishmasida joylashgan lotning boshlangʻich narxi 15,94 milliard soʻm etib belgilangan.
Xaridor bu yerda zamonaviy savdo majmuasi, “ekobozor”, koʻngilochar maskanlar, biznes markaz, ofis va xizmat koʻrsatish maydonlari, shuningdek, avtoturargoh qurishi kerak. Qurilish ishlari maxsus loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan master-reja asosida amalga oshiriladi. Arizalar 28-aprel kuni soat 09:00 gacha qabul qilinadi, natijalar esa 10:00 da eʼlon qilinadi.
Avvalroq, oʻtgan yilning noyabr oyida “Askiya” bozori ham auksionga qoʻyilib, 15 daqiqa davom etgan auksionda 225,59 milliard soʻmlik bitta stavkadan soʻng yakunlanib, Xitoyning “Sheng Ke-International” kompaniyasiga sotilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring