Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
Chilonzor tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) shifokorlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ehtiyotsizlik orqasida odam oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Unga koʻra, tergovga qadar tekshiruv harakatlarida, 2019-yilning 23-aprel kuni 63 yoshli Negmurat A. RSHTYOIMga murojaat qilib, shifokorlar tomonidan unga «boʻyin oʻng ichki uyqu arteriyasi egriliklarini toʻgʻirlash, tomirda hosil boʻlgan trombni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganligi va 2019-yil 10-oktyabr kuni Negmurat A. toʻsatdan vafot etganligi aniqlangan.
Sud tibbiy ekspertizaning 2021-yil 8-yanvar kungi xulosasida Negmurat A.ning oʻlimiga bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi, uning pastki kovak venasida yot jism (50 sm katetr sim) qolib ketishi sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.
Hozirda ayblanuvchilarning doirasini aniqlash, shifokorlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring