TATU Samarqand filiali koronavirus sabab onlayn taʼlimga oʻtdi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabalarida koronavirus aniqlandi. Bu haqda OTM Axborot xizmati xabar berdi.
Joriy 2021-yilning 9-aprel kuni Samarqand shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan olib borilgan epidemiologik tekshiruv chogʻida muassasa oʻqituvchilari hamda filial talabalar turar joyidagi talabalarda COVID-19 kasalligi aniqlandi.
Shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining 2021-yil 10-apreldagi 02/491-sonli xatiga asosan hamda koronavirus infeksiyasi talabalar va professor-oʻqituvchilar orasida keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida TATU Samarqand filialida taʼlim jarayoni 2021-yil 12-aprel kunidan boshlab 14 kunlik onlayn (masofaviy) taʼlimga oʻtkazildi.
Filial talabalar turar joyida bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar 14 kunlik yotoqxonada alohidalash (izolyatsiya) hamda nazorat ishlari olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring