Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Kecha, 6-dekabr kuni FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati oʻyinlarining boshlanish vaqtlari va qayerda boʻlib oʻtishi haqida maʼlum qildi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida xabar berildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi dastlabki oʻyinini 17-iyun kuni Mexiko shahrida joylashgan “Mexiko City” stadionida Kolumbiya termasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 07:00 da start oladi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoaning ikkinchi oʻyini Hyuston shahrida joylashgan “Hyuston Arena“da Portugaliyaga qarshi boʻlib oʻtadi. 23-iyun sanasida tashkil etiladigan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
FIFA pley-offi gʻolibiga qarshi oʻtkaziladigan 3-tur oʻyini esa Atlanta shahrida joylashgan “Atlanta“ stadionida boʻlib oʻtishi belgilandi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 04:30 da start oladi.
Maʼlumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyun sanasida start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring