Qoraqalpogʻistonda ziyoratga borgan 19 yoshli yigit togʻdan yiqilib tushdi. 4 kun oldin ham ziyoratgohda bir qiz jarohatlangan

Qoraqalpogʻistonda ziyoratga borgan 19 yoshli yigit togʻdan yiqilib tushdi. 4 kun oldin ham ziyoratgohda bir qiz jarohatlangan
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qoraqalpogʻistonda Shixi Jalil ziyoratgohida bir fuqaro tepalikdan pastga yiqildi” sarlavhasi bilan video tarqaldi. Biz, mazkur holat yuzasidan surishtirdik. Aniqlanishicha, ushbu holat 2021-yilning 11-aprel kuni sodir boʻlgan. Biz, Amudaryo tumani tez tibbiy yordam boʻlimi bilan bogʻlandik.
— Haqiqatan ham 11-aprel kuni soat 13:10 da oʻsha ziyoratgoh hududiga chaquruv boʻlgan, — deydi tez-tibbiy yordam dispetcheri Gʻulomjon Bobotayev. — Tibbiy yordam brigadasi 13:45 da yetib borgan va bemor, yaʼni togʻdan yiqilib tushgan 2002-yilda tugʻilgan V.I.ga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan. Yigit Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan ziyoratchi boʻlgan va tibbiy koʻrik paytida shifokor bilan gaplashgan. Shifoxonaga bormasligini va hamrohlari bilan birgalikda ketishini, oʻzlarining hududiy shifoxonasiga ketishini aytgan.
— Afsuski, ushbu hududga kelgan ayrim ziyoratchilarning ehtiyotsizligi oqibatida ana shunday holatlar ham yuz berib turibdi, deydi “Shayx Jalil bobo” ziyoratgohi masʼul xodimi Maxsutboy Yakubov. — Kechagi holat biz qurʼon tilovat qiladigan hududdan sal olisroqda sodir boʻlganligi tufayli biz keyinroq xabar topdik. Guvohlarning aytishicha, oʻsha holat yuz bergan hududda bir necha yosh yigit tosh ustiga chiqib va undan sakragan holatlarini qoʻl telefonlariga suratga olib turgan boʻlgan. Yiqilgan yigit ham ana shunday harakatlari va ehtiyotsizlik oqibatida yiqilgan boʻlishi ham mumkin. Shu oʻrinda ushbu hududning masʼul xodimi sifatida ziyoratga tashrif buyuruvchilar va ularga rahbarlik qilib keluvchilarga: bu joy turli xil qiliqlar koʻrsatib, selfiga tushadigan manzil emasligini uqtirib qoʻymoqchi edim. Bu ziyoratgoh! Unga kelib ketishda tartib qoidalarga amal qilsalar va togʻga chiqish va tushishda xavfsizlik qoidalariga amal qilsalar, bu kabi xunik holatlarning oldini olgan boʻlar edik.
Maʼlumot uchun bundan 4 kun oldin ham bir yosh qiz shu togʻga chiqish va tushishda ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olgan. Uni ziyoratgoh masʼuli Amudaryo tumani shifoxonasiga olib borgan va unga ham tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Gʻayrat Otajonov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring