Sunʼiy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, oʻzbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur – Shavkat Mirziyoyev

Prezident butun Oʻzbekiston xalqini oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy tabrikladi.

14:44 21.10.2025
Bundan buyon vazirlik va idoralar maʼlumotlarni oʻz serverlarida saqlashiga yoʻl qoʻyilmaydi — Shavkat Mirziyoyev

Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari oʻrtasida inson omilisiz maʼlumotlarning almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

14:33 21.10.2025
Sunʼiy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan koʻp sarmoya kiritgan investorlarga qator imtiyozlar beriladi

“Bir narsani tushunish kerak: tarmoq va hududlarda sunʼiy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab boʻlmaydi”, – dedi Prezident.

14:24 21.10.2025
Prezident sunʼiy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh boʻlish uchun 3 ta eng asosiy masalaga eʼtibor qaratdi

Sogʻliqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, togʻ-kon va qishloq xoʻjaligi sohalarida sunʼiy intellekt boʻyicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.

14:14 21.10.2025
Xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sunʼiy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

14:03 21.10.2025
Surxondaryoda Oʻzbek tili bayrami keng nishonlandi

Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan maydonda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bayram dasturi Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimi bilan boshlandi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, taʼlim muassasalari oʻqituvchi...

13:56 21.10.2025
Murojaatlarni sunʼiy intellekt asosida tahlil qilib, yechim berish hisobidan yiliga 16 milliard soʻm tejalmoqda

Vazirlik va idoralar rahbarlariga sohaning ichiga kirib, sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

13:56 21.10.2025
Erkin iqtisodiy zonada neft-kimyo klasteri barpo etilmoqda

“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar soni yana bittaga koʻpaymoqda. Mazkur iqtisodiy zona uchun Toʻdakoʻl massividan ajratilgan hududda Oʻzbekiston va Eron davlatlari hamkorligida “Petrochem sepehr” qoʻshma korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilyapti.

13:53 21.10.2025
Oʻzbek tilining boyligi, serjiloligi, qadimiyligi tarannum etildi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda oʻzbek tilining boyligi, serjiloligi, tarixan juda qadimiyligi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari va badiiy-musiqiy chiqishlarda tarannum etildi.

13:50 21.10.2025
Xorijiy ekspertlar Oʻzbekistonning sunʼiy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 10 milliard dollarga baholamoqda

2030-yilda sunʼiy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi.

13:42 21.10.2025
Oʻzbekiston sunʻiy intellektga tayyorgarlik boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinda

Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yoʻnalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.

13:33 21.10.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan IT-parkga tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qoʻyish marosimida ishtirok etdi

Ikki yil oldin 200 million dollar investitsiya hisobiga ushbu loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi.

13:04 21.10.2025
“Biz Amerikaga qonun va tartibni qaytaryapmiz” — Tramp oʻz prezidentligi davrida rekord darajada jinoyatchilar qoʻlga olinganini maʼlum qildi

20-yanvardan beri zoʻravonlik jinoyatlarida ayblanayotgan 28 mingdan ortiq kishi hibsga olingan.

12:10 21.10.2025
Chang-toʻzonlar qurshovida qolayotgan shahar yoxud Toshkent havosi yaqin yillarda tabiiy ravishda yaxshilanishidan umid bormi?

Toshkent oxirgi yillarda jahon havo sifati reytingida dunyoning havosi eng iflos shahri sifatida tez-tez tilga tushmoqda. Oxirgi bir oy misolida aytganda, ikki marta — 22-sentyabr hamda 6-oktyabr kunlari poytaxtimiz havosi yomonligi boʻyicha dunyoda 1-oʻringa chiqdi.

11:51 21.10.2025
Fargʻonaga kelgan turnalar...

Jurnalist va adiblar bilan safardosh boʻlishning ayricha latofati, zavqi shavqi bor-da!

11:29 21.10.2025
Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyadan gaz xaridini taqiqlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqulladi

Toʻliq taqiq 2028-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

11:06 21.10.2025
“Ularning bunga erishishiga ishonmayman” — Tramp Ukrainaning Rossiya bilan urushda gʻalaba qozonish ehtimoli kamligini aytdi

AQSH prezidenti fikricha, u hech qachon “Ukraina albatta gʻalaba qiladi” demagan, faqat “gʻalaba qozonishi mumkin” degan.

10:59 21.10.2025
Oʻzbekistonliklar 8 oyda olma eksportidan 11,6 million AQSH dollari ishlab oldi

2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatga olma eksport qilgan.

10:47 21.10.2025