Xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi
Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga masʼul oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida sohada sunʼiy intellektni rivojlantirishga ham javobgar boʻlishi belgilandi.
Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sunʼiy intellekt boʻyicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.
Barcha vazirlik va hokimliklarga oʻz tuzilmasida sunʼiy intellektni rivojlantirish bilan shugʻullanadigan alohida boʻlinma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sunʼiy intellekt orqali yechim topish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.
Yuqori koʻrsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.
Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sunʼiy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring