Abdumannop Boʻriyev biznes-ombudsman lavozimiga tayinlandi
Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (biznes-ombudsman) lavozimiga Abdumannop Abdurahmadovich Boʻriyev tayinlandi.
Ochiq manbalarga koʻra, Abdumannop Abdurahmadovich Boʻriyev 1986-yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tugʻilgan.
U adliya tizimida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. Xususan, 2025-yilda Adliya vazirligi markaziy apparatida Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Bunga qadar esa Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Shuningdek, Adliya vazirligi hujjatlarida Abdumannop Boʻriyev Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi sifatida ham faoliyat yuritgani qayd etilgan.
Biznes-ombudsman — tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakolatli mansabdor shaxs hisoblanadi. Qonunchilikka muvofiq, biznes-ombudsman hamda uning oʻrinbosari Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring