“Ularning bunga erishishiga ishonmayman” — Tramp Ukrainaning Rossiya bilan urushda gʻalaba qozonish ehtimoli kamligini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainada Rossiya bilan urushda gʻalaba qozonish imkoniyati borligini, ammo bu juda kam ehtimolli holat ekanini bildirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
— Ular hali ham gʻalaba qozonishlari mumkin. Menimcha, bunga erishishlari dargumon, ammo baribir ular gʻalaba qozonish imkoniga ega, — dedi AQSH rahbari.
Trampning soʻzlariga koʻra, u hech qachon “Ukraina gʻalaba qiladi” demagan, faqat “gʻalaba qozonishi mumkin” deb aytganini taʼkidladi.
— Har narsa sodir boʻlishi mumkin. Urush — bu juda gʻalati narsa. Unda koʻp yomon voqealar ham, yaxshi oʻzgarishlar ham roʻy beradi, — dedi u.
Bir oy avval Tramp Kiyev yoʻqotgan hududlarini qaytarib olishi mumkinligini inkor etmagan edi. Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng, Tramp Ukrainaga Yevropa Ittifoqi yordami bilan “yoʻqotilgan barcha hududlarni, ehtimol, undan ham koʻproqni qaytarib olishi mumkin”ligini aytgan edi.
AQSH rahbarining bu soʻnggi bayonoti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotdan koʻp oʻtmay yangradi. Oradan bir kun oʻtib, Tramp Oq uyda Zelenskiyni qabul qildi va unga “Tomahawk” raketalarini yetkazib berishdan bosh tortdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring