Bundan buyon vazirlik va idoralar maʼlumotlarni oʻz serverlarida saqlashiga yoʻl qoʻyilmaydi — Shavkat Mirziyoyev
Soʻnggi yillarda barcha vazirlik va idoralarda ish jarayonlari va maʼlumotlarni raqamlashtirish boʻyicha ancha ish qilindi.
Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari oʻrtasida inson omilisiz maʼlumotlarning almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.
Startaplarga oʻzining dasturiy mahsulotini Raqamli hukumat platformasiga integratsiya qilib, undagi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat berildi.
Lekin sunʼiy intellektni jadal rivojlantirish uchun bularning oʻzi yetarli emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Vazirlik va idoralardagi maʼlumotlar har xil serverlarda tarqoq saqlanayotgani, ularning formatlari turlicha boʻlgani uchun ham ishlar sust ketyapti.
Shu bois, yil yakuniga qadar vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha maʼlumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga oʻtkazish topshirildi. Bundan buyon vazirlik va idoralar maʼlumotlarni oʻz serverlarida saqlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring