Shaxsiy maʼlumotlar va SMS-kodlarni begona shaxslarga bermang — Raqobat qoʻmitasi ogohlantirish bilan chiqdi
Raqobat qoʻmitasi soʻnggi paytlarda isteʼmolchilardan nomaʼlum shaxslar tomonidan “Uzum nasiya” nomidan qoʻngʻiroqlar qilingani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushayotgani yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, firibgarlar “****21242” raqamidan qoʻngʻiroq qilib, “Siz aksiyada maishiy texnika yutib oldingiz, yutuqni olish uchun identifikatsiyadan oʻting”, degan bahona bilan fuqarolardan telefon raqamiga kelgan SMS-kodni aytishni soʻramoqda. Aslida esa, ular fuqarolar nomiga muddatli toʻlov shartnomasi rasmiylashtirib, hech qanday tovar yetkazib berilmayotganligidan shikoyatlar koʻpaygan.
Qoʻmita tomonidan firibgarlik yoʻli bilan masofaviy moliyaviy xizmatlar koʻrsatish holatlarini oldini olish, axborot tizimlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bunday holatlarni takrorlanmasligi choralarini koʻrish maqsadida “Shaffof-moliya” MCHJ, “Uzum market” MCHJ hamda Markaziy bankka tegishli murojaatlar yuborgan.
“Hurmatli isteʼmolchilar, shubhali qoʻngʻiroqlarga ishonmang. Shaxsiy maʼlumotlaringizni, SMS-kodlarni yoki identifikatsiya maʼlumotlarini begona shaxslarga bermang. Nomaʼlum platformalardan roʻyxatdan oʻtishdan oldin ularning ishonchliligini tekshiring”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring