Milliy armiya salohiyati yangi bosqichga koʻtarilmoqda

20:58 30 Yanvar 2026 Siyosat
745 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida Respublikamiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini taʼminlashga qodir boʻlgan tezkor va ixcham milliy armiyamiz shakllanib bormoqda. Qolaversa, sohaga qaratilayotgan eʼtibor natijasida harbiy qism va boʻlinmalarning moddiy-texnik bazasi yildan-yilga takomillashib, eng yangi rusumdagi qurol-aslaha va harbiy texnikalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda muhandislik inshootlari bilan taʼminlanmoqda.

Joriy yilning 30-yanvar kuni vazirlik, tashkilot va idoralarning axborot xizmati boshliqlari, axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tizimida olib borilayotgan islohotlar, harbiy qism va muassasalarda tayyorlanayotgan ofitser va serjantlar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida press tur tashkil etildi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Press tur Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni tashabbusi bilan keng koʻlamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilgan “Chirchiq aviatsiya taʼmirlash zavodi” davlat korxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Yangi yuqori texnologik boʻlinmalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ushbu zavodga shu yilning 13-yanvar kuni davlatimiz rahbari ham tashrif buyurgan edi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Zavod bazasida MDH hududi va mintaqamizda yagona boʻlgan “Airbus” rusumli vertolyotlarga xizmat koʻrsatish markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz Fransiyaning “Airbus” kompaniyasi tomonidan rasman sertifikatlangan boʻlib, bu ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning yuqori darajasi, xalqaro standartlar va ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan talablarga toʻliq mos ekanini tasdiqlaydi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Bu yerda H-125, H-215 va H-130 rusumli vertolyotlarni oʻz ichiga olgan zamonaviy gʻarb aviatexnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashning toʻliq sikli yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu markaz Oʻzbekistonni “Airbus” vertolyotlariga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish boʻyicha mintaqaviy asosiy uzelga aylantirish imkonini beradi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Shundan soʻng OAV vakillari Mudofaa vazirligining Chirchiq shahrida joylashgan Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni tomon yoʻl oldi. Press tur ishtirokchilariga mazkur dala oʻquv maydonida boʻlinmalar bilan oʻtkazilayotgan mashqlarni kuzatishga imkon yaratildi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Ushbu mashqlar davomida boʻlinmalarning jangovar imkoniyatlari hamda ularning birgalikdagi harakatlari, kichik komandirlarning zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalari va boshqaruv mahorati darajasi, harbiy xizmatchilarning tez oʻzgarib borayotgan jangovar vaziyat sharoitida jang maydonida zamonaviy qurol-yarogʻ va texnikani samarali qoʻllash boʻyicha kasbiy mahorati namoyish etildi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Poligon obyektlarida jangovar koʻnikmalarni takomillashtirish, shaxsiy tarkibni samarali tayyorlash hamda ularning axloqiy-ruhiy barqarorligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerda harbiy xizmatchilar jangovar va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlarini tashkil etishning yangi uslublarini amalda bajarib, kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlaydi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-iyuldagi qaroriga muvofiq Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha oliy harbiy taʼlim muassasalari faoliyati isloh qilindi va yagona markazlashgan tizimga birlashtirildi. Mazkur yangi tizim asosida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etildi. Vazirlik, tashkilot va idoralarning axborot xizmati boshliqlari hamda OAV xodimlarining navbatdagi manzili ushbu universitet tarkibidagi Quruqlikdagi qoʻshinlar instituti boʻldi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Ayni paytda institutda yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tomonidan 13 ta kafedrada taxminan ming nafar kursantga taʼlim berilmoqda. Jarayonlar “50 foiz nazariya + 50 foiz amaliyot” tamoyiliga asoslangan dual shaklda tashkil etilgan boʻlib, bu kursantlarning institutdagi oʻqishi bilan qoʻshinlardagi amaliyoti oʻrtasida uzluksiz bogʻliqlikni taʼminlaydi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Press tur ishtirokchilari dastlab institut hududidagi “Shon-sharaf” maydoni bilan tanishib, yangi tashkil etilgan “Raqamli poligon”, “Mafkuraviy poligon” hamda zamonaviy sinfxonalarni koʻzdan kechirishdi.

.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Taʼkidlash lozimki, harbiy taʼlim muassasasining asosiy vazifasi harbiy boʻlinmani boshqara oladigan Vatanga sadoqatli, yuksak intellektual salohiyat va tafakkurga ega boʻlgan komandirlar, murakkab taktik vaziyatlarda, tezkor va nostandart qaror qabul qila oladigan, mustaqillik gʻoyalariga sodiq, dunyoqarashi keng, oʻz Vatani va Qurolli Kuchlariga sodiq ofitser kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?