Prezident sunʼiy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh boʻlish uchun 3 ta eng asosiy masalaga eʼtibor qaratdi
Prezidentimiz dunyoda sunʼiy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh boʻlish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq maʼlumotlar va kadrlar tayyorlashga eʼtiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Sakkiz yilda 300 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi, aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi. Katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun 7 ta data-markaz ishga tushirildi.
Keyingi yil sogʻliqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, togʻ-kon va qishloq xoʻjaligi sohalarida sunʼiy intellekt boʻyicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.
Bularni amalga oshirish uchun shunga mos quvvatlar, zamonaviy super-kompyuterlar kerak. Lekin hozirgi mavjud quvvatlar faqat kichik loyihalarni ishga tushirish uchun yetadi.
Oqibatda tadbirkorlar oʻz loyihasi uchun chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.
Shu bois, joriy yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratildi. Keyingi yil bu mablagʻ 2 karra oshirilishi eʼlon qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring