Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

14:58 10 Oktyabr 2025 Jamiyat
277 0

Kambagʻal oilalarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyundagi 365-sonli “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni maktabdan tashqari taʼlimga jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, kambagʻal oilalarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

7–11 yoshdagi oʻquvchilar uchun:

  • Darsdan keyingi qoʻshimcha taʼlim (uzaytirilgan kun guruhlari) tashkil etiladi;
  • Toʻgarak xizmatlari faqat davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taklif etiladi;
  • Oylik toʻlov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.

12–18 yoshdagi oʻquvchilar uchun:

  • Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti, oʻzbek, rus tillari va adabiyoti boʻyicha toʻgaraklar tashkil etiladi;
  • Oylik toʻlov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha.

15–18 yoshdagi oʻquvchilar uchun:

  • Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) boʻyicha toʻgaraklar;
  • Oylik toʻlov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha.
  • Axborot texnologiyalari va kasb-hunar yoʻnalishidagi toʻgaraklar;
  • Oylik toʻlov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha.

Shuningdek, oʻquvchi, uning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) hamda toʻgarak xizmatini koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasidagi shartnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuziladi. Toʻgaraklar 9 oydan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Har bir oʻquvchi bir vaqtning oʻzida koʻpi bilan ikki toʻgarakni tanlashi mumkin boʻladi. Toʻlovlar va davomat haqidagi maʼlumotlar “kelajak.uzedu.uz” elektron platformasida avtomatik tarzda hisoblab boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер