Oʻzbek tilining boyligi, serjiloligi, qadimiyligi tarannum etildi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda oʻzbek tilining boyligi, serjiloligi, tarixan juda qadimiyligi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari va badiiy-musiqiy chiqishlarda tarannum etildi.
Xususan, oʻquvchilarning “yogurt”, “utyug”, “kirpich” kabi boshqa tillarga oʻtgan hamda xalqaro miqyosda foydalanilayotgan koʻplab soʻzlar asli oʻzbekcha ekanligini tarixiy manbalar asosida sharhlab bergani mazkur tadbirning eng eʼtiborli jihatlaridan biri boʻldi.
— Taʼlim maskanimizda ona tili va adabiyot fani chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi, — deydi ijod maktabi direktori, Oliy Majlis Senati aʼzosi Pokiza Axmedjanova. — Shunga mos ravishda ushbu fandan dars oʻtadigan oʻqituvchilarimizning malakasi juda yuqori. Qolaversa, ona tili va adabiyot boʻyicha fan toʻgaraklari ham mavjud. Shu bilan birga, “Jurnalistika” hamda “Yosh ijodkorlar” kabi toʻgaraklarimizda oʻquvchilar ona tili fanidan olgan bilimlarini ijodiy izlanish bilan yanada mustahkamlayotir.
Maʼlumot uchun: Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining joriy yilgi bitiruvchilari 100 foiz oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻldi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring