Surxondaryoda Oʻzbek tili bayrami keng nishonlandi

Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan maydonda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bayram dasturi Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimi bilan boshlandi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, taʼlim muassasalari oʻqituvchi va talabalari, harbiylar faol ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻzbek tilining boy lugʻaviy xazinasi, soʻzlashuv jozibasi va jahon tillari orasidagi oʻrni haqida fikr yuritishdi. Shuningdek, “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonun va keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar til rivojida muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
— Oʻzbek tili bizning boy madaniy merosimiz va milliy oʻzligimizning asosidir, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari Mengnor Ollomurodov. — Bu til orqali xalqimizning tarixini, odat-anʼanalari va maʼnaviy qadriyatlarini avlodlarga yetkazamiz. 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami faqat til bayrami emas, balki milliy ruh va birdamlik bayrami hamdir. Bizning vazifamiz — yosh avlodda ona tiliga boʻlgan muhabbat va hurmatni mustahkamlash, uni jahon sahnasida munosib oʻrinda namoyon etish.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Sanʼat saroyi majmuasida davom ettirilib, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan ona tilimizga bagʻishlangan sahna asarlari namoyish etildi. Shuningdek, taniqli sanʼatkorlar va folklor jamoalari chiqishlari bayramga xos ruh bagʻishladi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring