Endi masʼuliyatsiz rahbarlar haqida Prezidentga axborot beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident bugun ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari davlat siyosati va islohotlarining asosiy yoʻnalishlarini belgilab berishi kerakligini taʼkidladi. Shu bois, sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.
Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar koʻlami va sifati oshiriladi.
Endilikda bir martalik soʻrovlar emas, balki qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani boʻyicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar oʻtkaziladi.
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini ishlab chiqib, tahlillar asosida reytingni shakllantirish va muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish topshirildi.
Ijro intizomi masalalari ham koʻrib chiqildi. Berilgan har bir topshiriqning real ijro holati boʻyicha kundalik nazorat oʻrnatish, masʼuliyatni his qilmagan, sustkashlikka yoʻl qoʻygan rahbarlar boʻyicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring