Murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning masʼuliyati oshiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning masʼuliyati oshiriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi. Uni yuritishga yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi masʼul boʻladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini oʻrganib, kunlik maʼlumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Mutasaddilarga “Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga toʻliq integratsiya qilish topshirildi.
Bundan buyon murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga koʻrib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora koʻrilishi belgilandi.
Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring