Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyadan gaz xaridini taqiqlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqulladi
Yevropa Ittifoqi Kengashi Yevrokomissiyaning 2028-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyadan gaz xarid qilishni taqiqlash haqidagi taklifini maʼqulladi, deb xabar beradi TASS.
“Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiya tabiiy gazini import qilishdan voz kechish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi boʻyicha muzokaralardagi oʻz pozitsiyasini tasdiqladi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Qarorga koʻra, Rossiyadan na quvur orqali, na suyultirilgan holatda gaz xarid qilishga ruxsat berilmaydi.
Taqiq bosqichma-bosqich joriy etiladi, toʻliq taqiqlov esa 2028-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Yangi shartnomalarni tuzish 2026-yil 1-yanvardan boshlab man etiladi. Qisqa muddatli shartnomalar 2026-yil 17-iyungacha, uzoq muddatli bitimlar esa 2028-yil 1-yanvargacha amal qilishi mumkin.
Mazkur qaror kuchga kirishi uchun uni Yevropa Parlamenti ham tasdiqlashi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring