Oʻzbekistonliklar 8 oyda olma eksportidan 11,6 million AQSH dollari ishlab oldi
2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 11,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 22,6 ming tonna olma eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, shu yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston olma yetkazib bergan davlatlar roʻyxatida 10 ming 721 tonna koʻrsatkich bilan Rossiya yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinda Qozogʻiston 10 ming 98 tonna koʻrsatkich bilan ikkinchi, Qirgʻiz Respublikasi esa 1 ming 275 tonna bilan uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
8 oyda Oʻzbekiston olma yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Rossiya – 10 ming 721 tonna;
- Qozogʻiston – 10 ming 98 tonna;
- Qirgʻiz Respublikasi – 1 ming 275 tonna;
- Turkmaniston – 167,4 tonna;
- Iroq – 164,3 tonna;
- Boshqa davlatlar – 192,2 tonna.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring