Erkin iqtisodiy zonada neft-kimyo klasteri barpo etilmoqda
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar soni yana bittaga koʻpaymoqda. Mazkur iqtisodiy zona uchun Toʻdakoʻl massividan ajratilgan hududda Oʻzbekiston va Eron davlatlari hamkorligida “Petrochem sepehr” qoʻshma korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilyapti.
Bir necha biznes loyihani qamrab olgan ushbu korxona amalda neft-kimyo klasteri tariqasida ishlashi kutilyapti. Uning umumiy loyiha qiymati 274 million AQSH dollarini tashkil etadi. Yangi korxonada kimyoviy usul bilan pentan, geksan, benzol kabi jami 13 turdagi mahsulot ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi masʼullarining bildirishicha, yirik loyiha sharofati bilan yiliga 240 million AQSH dollariga teng neft-kimyo mahsulotlari tayyorlash va uning salmoqli qismini eksportga yoʻnaltirish mumkin boʻladi. Klaster import oʻrnini bosadigan mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishi nuqtayi nazaridan ham ahamiyatli. Qolaversa, u yangi ish oʻrinlari yaratish imkonini beradi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, korxonada salkam 600 nafar malakali mutaxassis va ishchilarning mehnat qilishi nazarda tutilgan.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi tegishli Farmoni asosida tashkil etilgan ushbu erkin iqtisodiy zona uchun nafaqat Gʻijduvon, balki Buxoro, Kogon, Romitan va Qorovulbozor tumanlaridan ham yer maydoni ajratilgan.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring