Argentina terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba qozondi
Kecha, 14-noyabr kuni Argentina terma jamoasi FIFA kunlari doirasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu bahsda Lionel Skaloni shogirdlariga Angola terma jamoasi raqiblik qildi.
Luanda shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuv Argentina terma jamoasining 2:0 hisobidagi ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi.
43-daqiqada hisob argentinaliklar foydasiga ochildi: Lionel Messining aniq uzatmasidan soʻng “Inter” hujumchisi Lautaro Martinez oʻz nomini tabloya yozdirishga muvaffaq boʻldi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 83-daqiqasida bu safar Lautaro Martinez golli uzatmani amalga oshirdi. Yakuniy zarbani yoʻllagan Lionel Messi darvozabonni dogʻda qoldirib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.
Shu tariqa bahs Janubiy Amerika vakilining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan nihoyasiga yetdi.
Maʼlumot uchun, bundan avval Argentina terma jamoasi JCH saralashi doirasida Janubiy Amerika zonasidan birinchilar qatorida mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani maʼlum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring