Oʻzbekiston terma jamoasi “Al Ain Cup” musobaqasi finaliga yoʻl oldi
Bugun, 14-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtayotgan “Al Ain Cup” musobaqasining ikkinchi yarim final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Misr terma jamoasi bilan bahs olib bordi.
Uchrashuv “oq boʻrilar”ning 2:0 hisobidagi ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Hisob oʻyin boshidan koʻp oʻtmay, toʻrtinchi daqiqada ochildi. “Persepolis” klubi aʼzosi Oston Oʻrunov raqibning olti nafar himoyachisi qurshovida boʻlishiga qaramay, darvozani aniq nishonga oldi.
Ikkinchi boʻlimning soʻnggi daqiqalarida Oʻrunov dublni rasmiylashtirdi. Bu safar u Otabek Shukurovning nozik va aniqligi bilan ajralib turgan uzatmasidan keyin oʻz nomini ikkinchi bor tabloya yozdirishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida zafar quchdi.
Maʼlumot oʻrnida, “Al Ain Cup” turnirining final uchrashuvi 18-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Hal qiluvchi bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring