Prezident aholini roʻyxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari videoselektor yigʻilishida yana bir muhim masala, butun respublikada aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha katta tadbir boshlanganiga toʻxtaldi.
Hozirgacha jami 7 million 613 ming xonadondan 4 million 776 mingi roʻyxatdan oʻtdi. Lekin bu boradagi ishlar Toshkent shahri, Fargʻona, Surxondaryo, Buxoro, Toshkent viloyatida sekin kechmoqda.
“Bunday muhim tadbir 37-yil ichida birinchi marta oʻtkazilyapti.
Roʻyxatga olish – har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlash, kelgusi rejalarni shunga qarab belgilash, eng asosiysi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi”, dedi davlatimiz rahbari va barcha yurtdoshlarimizni roʻyxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Yigʻilishda tuman hokimlari, mahalla raislari, hokim yordamchilarining hisobot va takliflari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring