Uy-joy qurish oʻzboshimchalik bilan qilinadigan ish emas
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Xalqimiz hayotida uy-joy juda katta ahamiyatga ega. Hech bir oila yoʻqki, oʻz uy-joyiga ega boʻlish, farovon turmush kechirish uchun munosib shart-sharoit yaratishga harakat qilmasa. Buning uchun yillab mehnat, katta mablagʻ sarf etilishi ham sir emas.
Shunday ekan, uy-joy yoki biror imorat qurishda ishni oldindan rejalashtirib, hujjat ishlariga ham toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirish lozim. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmasdan, oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirilgan yer uchastkalariga imorat qurish esa kelgusida turli muammolarga sabab boʻlishi, iqtisodiy zararga olib kelishi muqarrar.
Oʻtgan 2024-yilda Qashqadaryo viloyatida yer uchastkalarini noqonuniy egallab olish va u joyda imoratlar qurish bilan bogʻliq 4803 ta holat aniqlangan. Oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlarning umumiy maydoni esa 1564,8 gektarni tashkil etadi.
Bu haqda Qarshi shahridagi “Jurnalistlar uyi”da Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida taʼkidlab oʻtildi.
— Monitoring tadbirlarida aniqlangan noqonuniy holatlarni bartaraf etish maqsadida yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallagan fuqarolarga nisbatan yozma koʻrsatmalar yuborilib, tushuntirish ishlari olib borildi, — deydi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sarvar Toʻrayev. — Natijada 1772 ta holatda 930 gektardan oshiq yer uchastkalarida barpo etilgan noqonuniy qurilishishlar fuqarolar tomonidan joyida bartaraf etildi. Shuningdek, 658,8 gektar yer maydonidagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish va yerni avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga 2 935 ta daʼvo arizalari kiritildi.
Matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ushbu qonun asosida viloyatda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari haqida keng maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring