AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi

12:18 18 Yanvar 2025 Dunyo
1136 0

Xitoy tomonidan moliyalashtiriluvchi xakerlar guruhi AQSH moliya vaziri Janet Yellenning kompyuterini buzib kirishdi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar bergan.

Hujum oqibatida 50 dan ortiq vazir kompyuterida saqlanayotgan fayllar jinoyatchilar qoʻliga tushgan. Kiberjinoyatchilarni AQSH moliya vazirligining sanksiyalar, razvedka va xalqaro ishlardagi roli qiziqtirgan koʻrinadi. Ular shu turdagi fayllarni oʻgʻirlashga uringan.

Taʼkidlanishicha, vazirning ikki yordamchisi foydalanuvidagi kompyuterlar ham hujumga uchragan. Shunga qaramasdan, vazirlikning elektron pochtasi va maxfiy tizimlar xavfsizligicha qoldi.

Xakerlik hujumi haqida senatga hisobot berildi. Aytilishicha, jinoyatchilar yuqori lavozimli shaxslar va foydalanuvchilarning nomlari hamda xodimlarning parollarini qoʻlga kiritib, 400 dan ortiq noutbuk va texnikalarni buzib kirishgan.

AQSH maxfiy xizmatlari maʼlumot berishicha, Xitoy homiyligidagi “Silk Typhoon” va “UNC5221” xakerlik guruhlari ushbu kiberjinoyatga aloqador.

Taʼkidlash joiz, Xitoy rasmiylari uzoq vaqtdan beri AQSHning davlat tomonidan homiylik qilingan kiberhujumlar haqidagi daʼvolarini rad etib kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер