Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi

12:38 19 Yanvar 2025 Jamiyat
1262 0

Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik isteʼmol qilish oqibatida yana uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar qilgan.

Joriy yil 18-yanvar holatiga koʻra, spirtli ichimlikdan zaharlanish sababli vafot etgan fuqarolarimizning umumiy soni 17 nafarga yetdi. Shu bilan birga, Istanbul hududidagi shifoxonalarning jonlantirish boʻlimlarida davolanayotganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda.

Bosh konsulxona tomonidan vafot etganlarning jasadlarini Oʻzbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda hamda oila aʼzolariga kerakli yordam koʻrsatilmoqda, deyiladi xabarda.

Konsulxona diplomatlari mazkur holat yuzasidan Istanbul hokimligi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi, sud-tibbiy ekspertiza markazi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan muntazam aloqada ekani qoʻshimcha qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, har qanday holatda ham zaharlanish alomatlari sezilganda 112 qisqa raqami orqali tez tibbiy yordam chaqirtirilishi hamda bemor shifoxonaning “qizil hududi” (“kırmızı alan”) orqali qabul qilinishi lozim. Bu xizmat bepul.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер