Toshkent yaqinida qadimiy ibodatxona va harbiy jihozlar topildi
Toshkent viloyatining qadimiy tarixini oʻrganish davom etmoqda. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining maʼlum qilishicha, Qanqa shahristoni hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar chogʻida milodiy V–VIII asrlarga oid ibodatxona va harbiy jihozlar topilgan.
Mazkur tadqiqotlar viloyat hokimligi bilan hamkorlikda, “Ochiq osmon ostidagi muzey” konsepsiyasini yaratish doirasida amalga oshirilmoqda.
Topilmalarni Tarix institutining “Harbiy tarix markazi” hamda “Qadimgi dunyo tarixi” boʻlimi mutaxassislari aniqlashgan. Ular Qanqa qalʼasining pastki qismida qazishmalar olib borgan paytda ibodatxona qoldiqlari va metall harbiy jihozlar parchalari — qilich, dubulgʻa va sovut qismlariga oʻxshash detallarni topishgan.

Olimlarning taxminiga koʻra, bu buyumlar qadimiy odat asosida qurolsoz tomonidan maʼbadga ehson qilingan boʻlishi mumkin. Yaʼni oʻsha davrda ustalar oʻzlarining eng yaxshi asarlarini ilohiy joylarda qoldirish anʼanasi mavjud boʻlgan. Shunga oʻxshash topilmalar ilgari Boykanddagi ibodatxona qazilmalarida ham uchragan.
Bu kashfiyot Qanqa shahristoni oʻz vaqtida harbiy va diniy markaz boʻlganini, shuningdek, oʻsha davr hunarmandchilik madaniyatining yuqori darajada rivojlanganini koʻrsatmoqda.
Mutaxassislar topilmalarni toʻliq restavratsiya qilib, ularni yaqin kelajakda Qanqa “Ochiq osmon ostidagi muzeyi” ekspozitsiyasida namoyish etishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring