Oʻzbekiston U17 terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida xabar berildi.
Musobaqada qatnashadigan futbolchilar roʻyxati quyidagicha:
Ibrohim Shokirov, Neʼmatulloh Rustamjonov, Bahodir Izboskanov, Qahramon Turgʻunov, Muhammad Hakimov, Moʻminxon Bahodirxonov, Amirxon Muradov, Miraziz Abdukarimov, Sadriddin Hasanov, Abdusamad Saidov, Nurbek Sarsenbayev, Muhammad Habibullayev, Sayfiddin Sodiqov, Abdulmalik Anvarov, Behruz Saidmurodov, Muhammadali Musaxonov, Azizbek Abdumoʻminov, Jamshidbek Rustamov, Abubakir Shukurullayev, Azizbek Erimbetov, Asilbek Aliyev.
Maʼlumot uchun, avvalroq Osiyo chempionati finalida qizil kartochka olgan Nurbek Sarsenbayev Jahon chempionatiga jalb etilmasligi haqida maʼlumot tarqalgan edi. Biroq, bosh murabbiy Islom Ismoilov qoraqalpogʻistonlik yosh hujumchini yakuniy roʻyxatga kiritishga qaror qildi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini yakunlab, jahon maydonida mamlakat sharafini himoya qilishga hozirlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring