Rossiyada WhatsApp va Telegramʼga roʻyxatdan oʻtish cheklanmoqda
“Kod Durova” nashrining xabar berishicha, Rossiyada Telegram va WhatsApp messenjerlarining yangi foydalanuvchilariga roʻyxatdan oʻtish uchun kerakli SMS va qoʻngʻiroqlar yuborilmayapti.
Manbaga koʻra, rossiyalik mobil operatorlarga Telegram va WhatsAppʼning texnik pudratchilari tomonidan yuboriladigan SMS va qoʻngʻiroqlarni uzatishni toʻxtatish talabi qoʻyilgan.
“SMS xabarlari ayrim hollarda yetib kelmoqda, biroq ular barcha rossiyalik raqamlarga bormayapti”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumki, Rossiyada Telegram va WhatsApp messenjerlarining faoliyati allaqachon qisman cheklangan. Soʻnggi oylar ichida foydalanuvchilar aloqa uzilishlari va texnik nosozliklarga duch kelganini ham bildirganlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring